Izlanishimiz - O'zbekchasiga deploy qilamiz
O'zbek tilida yuqori sifatli va bepul DevOps ta'limini yo'lga qo'ygan hamjamiyat. Maqsadimiz — ilm, intizom va beminnat yordamimiz orqali yangi avlod mutaxassislarini yetishtirish.
- Hamjamiyat
- DevOps Journey
- Yil
- Yo'nalish
- DevOps va SysOps

Umumiy
O‘zbek tilida sifatli, zamonaviy va bepul texnik ta’lim — bu biz orzu qilgan, ammo uzoq yillar yo‘qligini his etgan manba edi. Shu bo‘shliqni to‘ldirish, yurtimiz yoshlari dunyo darajasidagi texnologiyalarni o‘z ona tilida o‘rganishini ta’minlash uchun DevOps Journey loyihasini boshladik.
Bugungi kunda DevOps nafaqat texnik kompetensiya, balki madaniyat, avtomatlashtirish, ishonchlilik va jamoaviy ishlash falsafasi sifatida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz ushbu qadriyatlarni o‘zbek tilida, o‘zbek mentalitetiga mos tarzda yetkazishni maqsad qildik.
Loyiha bir necha savollarga javob sifatida paydo bo‘ldi:
- Nega biz GitHub Actions, Docker yoki Kubernetes’ni o‘zbek tilida o‘rganolmaymiz?
- Nega har bir yosh texnik mutaxassis global sahnaga chiqishda til va kontekst to‘siqlariga duch kelmoqda?
- Nega infratuzilma va tizim ishonchliligini o‘rgatuvchi o‘zbekcha manbalar yo‘q?
DevOps Journey — bu shu savollarga berilgan javobdir.
Biz kimmiz?
- O‘rganuvchilar
- Baham ko‘ruvchilar
- Erkin fikrlovchilar
- O‘zgarishga intiluvchilar
Kashf et, reja qil qur va testdan o'tkaz, biz esa joylaymiz, boshqaramiz, kuzatamiz va doyimiy davom qilamiz. Devops amaliyotlari haqida berilgan ushbu tariflar, zamonaviy dasturiy muhandislikning yangicha rivojlanish bosqichiga olib chiqdi.

DevOps Journey asoschisi
- Ko'rishlar
- 10.000+
- Amaliyotlar
- 30+
- Asosiy bo'limlar
- 8
- Consultant Muhandis
- 8