Jarayon - Biz qanday ishlaymiz
Biz samaradorlik va ochiq manbali dasturlar orqali resurslarimizdan maksimal foydalanishga ishonamiz. Bizning asosiy yondashuvimiz innovatsion g'oyalarni doimiy ravishda rivojlantirish va hamjamiyat bilan ochiq muloqot orqali yangiliklar yaratishdir.

Kashf qilish
Biz jamiyat a'zolarimiz, dasturchilar va ochiq manba muhitidagi hamkorlarimiz bilan yaqin hamkorlikda ishlaymiz. Ularning ehtiyojlarini chuqur tushunish, faoliyatini o‘rganish va ular duch kelayotgan texnik yoki tashkiliy muammolarni aniqlash biz uchun muhim.
Tahliliy bosqichda biz ochiq manbali infratuzilma, mavjud loyihalar va hamjamiyat faolligi ustida ishlaymiz. Maqsad — mavjud imkoniyatlar va resurslarni aniqlash, shuningdek, ularni qanday yaxshilash mumkinligini aniqlash.
Bu bosqich tugagach, biz tahliliy hisobot, taklif etilgan yechimlar va hamjamiyatga qo‘shilishni soddalashtiruvchi aniq reja bilan hamjamiyat a'zolari orasida xoh ovoz berish, xoh suhbat darajasida muhokama qilib olamiz.
Ushbu bosqich quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Chuqur suhbatlar va intervyular
- Hamjamiyat ehtiyojlarini tahlil qilish
- Foydalanuvchi so‘rovnomalari
- Texnik imkoniyatlar bahosi
- Prototip g‘oyalar ishlab chiqish
- Loyihalarning ochiqlik darajasini tekshirish

Qurish
"Kashf qilish" bosqichidan so‘ng, har bir tashabbus uchun batafsil yo‘l xaritasi ishlab chiqiladi va ishlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bu xarita loyihaning texnik asoslarini puxta rejalashtirish va imkon qadar aniq yo‘nalishda harakat qilish imkonini beradi.
Har bir loyiha uchun alohida koordinatsion mas'ul tayinlanadi (rais) — ular loyiha jarayonini kuzatib borish, hamjamiyat bilan doimiy aloqa o‘rnatish va rivojlanishni hujjatlashtirish uchun javobgardir. Texnik jamoamiz esa kod yozish, mavjud ochiq manbali loyihalarni tahlil qilish va yangi funksionalliklarni ishlab chiqish ustida ishlaydi.
Loyihani har doim oshkora olib boramiz, muntazam yangilanishlar beriladi, shuningdek, barcha ishtirokchilar jarayonning har bir bosqichida ishtirok etishadi.
Floss jamoasi loyihaning har bir bosqichida yangilanishlar berib borishdi – ular go‘yo avtomatlashtirilgandek tez va tartibli harakat qilishdi!

Yetkazib berish
"Qurish" bosqichi yakuniga yetgach, biz ishlab chiqilgan yechimni hamjamiyatga taqdim etamiz. Bu bosqichda asosiy e'tibor funksionallik, barqarorlik va foydalanishga tayyorlikni ta'minlashga qaratiladi.
Jamoa barcha muhim sahifalar va funksiyalarni ishga tushirishdan oldin sinovdan o‘tkazadi, texnik jihatdan tayyorlash va yakuniy sozlamalarni amalga oshiradi. Biz foydalanuvchilar tomonidan haqiqiy foydalanishni nazorat qilish uchun monitoring tizimlarini ham yo‘lga qo‘yamiz.
Yechimlar to‘liq ishlayotganidan so‘ng, biz ularni hujjatlashtirib, texnik yordam va xizmat ko‘rsatish rejasi bilan birgalikda taqdim etamiz.
Ushbu bosqich quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Testlash. Testdan o‘tkazish va sifat nazorati
- Infratuzilma. Infratuzilmani barqarorlashtirish (masalan, server konfiguratsiyasi)
- Qo'llab-quvvatlash. Foydalanuvchi qo‘llanmalari va hujjatlar va hamda hamjamiyatga e’lon qilish va taqdimotlar.
Bizning qadriyatlarimiz - Ishonchlilik va innovatsiyani muvozanatlash
Biz har doim texnologik yangiliklar va zamonaviy yondashuvlar markazida bo‘lishga intilamiz. Shu bilan birga, harakatlarimiz ochiq manbali qadriyatlar, foydalanuvchi manfaatlari va jamiyat ehtiyojlariga tayangan holda shakllanadi.
- Aniqlik. Har bir hamkorlikka puxta tayyorgarlik bilan yondashamiz: dizayn, texnik konfiguratsiya va yakuniy sinovlar izchil amalga oshiriladi.
- Samaradorlik. Vaqtni qadrlaymiz va natijaga yo‘naltirilgan ish yuritamiz — har bir bosqich puxta rejalashtiriladi.
- Moslashuvchanlik. Har bir loyiha o‘ziga xos; biz har doim foydalanuvchi ehtiyojlariga moslashishga tayyormiz.
- Halollik. Jarayonlarimizda ochiqlikni ta’minlaymiz, barcha ma’lumotlar shaffof va tushunarli tarzda taqdim etiladi.
- Sadoqat. Uzoq muddatli hamkorlikni qadrlaymiz; ishonch asosida qurilgan aloqalar biz uchun ustuvor ahamiyatga ega.
- Innovatsiya. Yangi texnologiyalarni o‘rganamiz, sinaymiz va ochiq manbali ekotizimga o‘z hissamizni qo‘shamiz.
Bizga loyihangiz haqida gapirib bering
Bizning ofis
- Masofaviy
Hozirgi vaqtda ofis mavjud emas.