Izlanishimiz - O'zbek Rust harakati
Dinamik tillar va dasturlash uslubiyati yetarli darajada dasturchi va hamda dasturlarda o'zining yomon ta'sirini qoldirdi, ammo Rust dasturlash tili va hamjamiyati bilan birgalikda buni to'g'irlashga intilamiz.
- Hamjamiyat
- Rust O'zbekistan
- Yil
- Yo'nalish
- Dasturlash Til

Umumiy
Rust da yozilgan RDAP Protokoli O'zbek internetiga qo'shilishi bir necha yangiliklar kiritdi va internet qay maromda tezlashishiga olib keldi. Ushbu voqeiylik esa O'zbekistonda mahaliy Rust hamjamiyati paydo bo'lishiga sababchi bo'ldi.
Hozirgi paytda biron servis, platforma yoki dasturlarni JavaScript
, TypeScript
, Python
yoki shunga o'xshash dinamik tillarda yozilishi juda jadallashib ketgan. Ammo, dinamik tillarning keng ko'lamda ishlatilishi dasturlarning katta koffetsientlarda astalashishi va bir necha yuzlab xotira bilan bog'liq muammolar kelib chiqishiga sababchi bo'layabdi.
Rust hamjamiyati muallifi fikri bo'yicha, texnologiya hech qachon shunday to'xtab turmaydi va u o'ta katta tezlikda rivojlanishda davom etaveradi. Rust dasturlash tili esa bu kelajak sari qadamlardan biri hisoblanadi. Albatta, sobiq dinamik tillarimiz o'zinig ishini astoydil o'tab berishdi va bu uchun har biri taqdirga sazovor, ammo bu bizning xatolarimiz ustida o'rganmay qotib turish uchun sabab bo'la olmaydi. Rust dasturlash tili ko'rinishidan ko'plab dasturchilar sevgan dinamik tillarchalik yuqori darajali sintaksisga ega va u o'zining tiplash tizimi yordamida sizning dasturingiz to'laqonlikcha xavfsiz ishlashini ta'minlaydi va hammasi biz bilgan pastki darajali, o'rganish o'ta qiyin, lekin o'ta tez ishlaydigan tillar qatorida tezlik yo'qotmagan holda ishlaydi.
Ushbu hamjamiyat bilan birgalikda Rust dasturlash tili yordamida dasturlarni yanada tezroq, samaraliroq va ushbu tilda dasturlar injineriyasi bo'yicha muhokama olib boriladi. Hamda, ushbu til Floss O'zbekiston
o'zida keng ko'lamda foydalaniladi.
Nimalar bilan bandmiz
- Tizim Dasturchiligi
- Backend tizimlar
- Buyruq satrdagi dasturlar
- Kompleks dasturlar
- Aloqa qatlami dasturlari
- Tarmoq platformalari
- Web dasturlash
O'zining paytida dasturchilar pastki darajali C/C++ kabi tillarni qiyinligi tufayli dinamik yuqori darajali python yoki js kabi tillarga yuz tutishardi. Ammo insoniyat rivoji tufayli dinamik yuqori tillarchalik oson va hamda pastki darajali tillarchalik tez til yaraldi. Ikkala tarafdan tarixdagi tillardan farqli to'laqon xavfsizlikga ham erishdik. Agar shular sizni Rust da yozishga ishontira olmagan bo'lsa, men uchun siz rivojanlishga qarshi insonsiz.

Floss va boshqa jamiyatlar asoschisi
- A'zolar soni
- 350
- Moderatorlar
- 10+
- Texnik ichki yo'nalishlar
- 4
- Loyihalar
- 30+