Izlanishimiz - Dasturlarni 'sof' yozishni izlanamiz

Ilm izlash orqali birlashgan hamjamiyat: funksional dasturlash va nazariyalar bilan donolik va taskinlikka yo'l ochamiz.

Hamjamiyat
Haskell O'zbekiston
Yil
Yo'nalish
Dasturlash Til

Umumiy

Hamjamiyatimiz saviyasi baland ilm ulashish, ko'r-ko'rona ergashish va bir-biriga qarshi befoyda kurashlardan xoli bo'lib, muvozanat va holislik birlashmasi orqali haqiqatni izlash yo'lida yuritiladi.

Hamjamiyatda suhbatlar o'ziga xos va malakali dasturchilarga qaratilgan: o'rtacha darajadan chiqib, buyukroqqa intiluvchilar uchun. Asosan Haskell, OCaml va Scala kabi dasturlash tillaridagi konseptlar, ularda samarali kod yozish, shuningdek Agda, Rocq (sobiq Coq) va Lean kabi isbot assistentlari yordamida formal va ishonchli kod yaratish bo'yicha suhbatlar olib boriladi.

Nimalar qilinmoqda

  • Dasturlash Tili Nazariyasi
  • Formal Usullar
  • Funksional Dasturlash
  • Kategoriyalar Nazariyasi
  • Kompilyatorlar Injineriyasi
  • Mantiq
  • Tiplar Nazariyasi

Hamjamiyatimizni ilm izlash yo'li birlashtiradi. Ilm - bizning efirimiz, ko'rinmas bir kuch bo'lib, hammamizni bog'lab, donolik va taskinlik sari yetaklaydi.

Kei Lissimus
Haskell O'zbekiston asoschisi
A'zolar soni
90
Moderatorlar
3+
Texnik ichki yo'nalishlar
12+
Loyihalar
7+

Boshqa izlanishlarimiz

O'zbekchasiga deploy qilamiz

O'zbek tilida yuqori sifatli va bepul DevOps ta'limini yo'lga qo'ygan hamjamiyat. Maqsadimiz — ilm, intizom va beminnat yordamimiz orqali yangi avlod mutaxassislarini yetishtirish.

Ko'proq

O'zbek Rust harakati

Dinamik tillar va dasturlash uslubiyati yetarli darajada dasturchi va hamda dasturlarda o'zining yomon ta'sirini qoldirdi, ammo Rust dasturlash tili va hamjamiyati bilan birgalikda buni to'g'irlashga intilamiz.

Ko'proq

Bizga loyihangiz haqida gapirib bering

Bizning ofis

  • Masofaviy
    Hozirgi vaqtda ofis mavjud emas.