O'zbekistonda ochiq dasturiy ta'minot madaniyatini rivojlantirish va dasturchilar uchun ijodiy va hamkorlik muhiti yaratishni maqsad qilgan tashabbusdir.
Floss O'zbekiston aslida tarixda boshqa nomlar bilan yaralib, yillar davomida rivojlanib kelgan, so'ngra hamjamiyat bilan birgalikda uning qadriyatlari haqida kelishib olingach, hozirgi nom va holatga keltirilgan tashkilot.
Aslida, Floss O'zbekistondan tashqari boshqa markazlashgan "O'zbekiston IT Hamjamiyati" ham mavjud, ammo asosiy muammo shundaki, ushbu jamiyat dasturchilarga ko'proq iqtisodiy yoki analitika taraflama yondashadi va texnik yo'nalishida hech qanday harakat olib borilmaydi. Biz esa, dasturchilarning eng og'riqli nuqtasi hisoblanmish, aynan texnik qismiga ko'proq yondashamiz.
Eslatma!
Floss O'zbekiston bu mustaqil va notijorat tashkilot. Ushbu tashkilot "
O'zbekiston IT Hamjamiyati" bilan hech qanday bog'liqligi yo'q va uning bir qismi ham emas.
Bizning asosiy maqsadimiz, biz ochiq manbali dasturiy ta'minot tamoyillarini ommalashtirish, bilim almashish hamda dasturchilar orasida erkin va ochiq muloqotni rag'batlantirishga intilamiz.